
Bugun Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlanadi. O‘zbekiston futzal jamoasi ham raqiblarini bilib oladi
Bugun 2022 yil Kuvaytda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlanadi. Marosim Toshkent vaqti bilan soat 12:00da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida onlayn tarzda o‘tkaziladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Eron bilan birgalikda 1-savatchadan joy olgan.
Vakillarimiz Markaziy va Janubiy hudud saralashida ishtirok etadi. Bahslar 2022 yilning 1-15 aprel kunlarida o‘tkaziladi.
Fikrlar