Bugun Osiyo chempionatida 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi

  • 25 yanvar, 2022, 10:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Toshkent shahrida joylashgan "Universal" sport majmuasida boks bo‘yicha 22 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Tabiiyki, ushbu qit’a birinchiligida O‘zbekiston teoma jamoasi favoritlar qatorida e’tirof etilmoqda. Avvalgi kungi bahslarda yurtdoshlarimiz o‘zlarining chiroyli harakatlari bilan g‘alabali odimini davom ettirishmoqda. Albatta, mag‘lubiyat ham yo‘q emas. Biroq, umumiy tarzda olib qaraganda, bokschilarimiz barchani birdek xursand qilmoqda. 

Bugun ham Osiyo chempionati dasturidan o‘rin olgan janglarda 8 nafar hamyurtlarimiz o‘z janglarini o‘tkazadi. Quyida, ularni e’tiboringizga havola etamiz!

-57 kg

Dilshod Abdumurodov - Xusravxon Rahimov (Tojikiston)

- 60 kg

Hurshidbek rasuljonov - Buyandalai Bayarkxu (Mo‘g‘uliston)

-63.5 kg

Ruslan Abdullaev - Tuguldur Byambatsogt (Mo‘g‘uliston)

- 67 kg

Javlonbek Yuldoshev - Rasul Axadov (Tojikiston)

-71 kg

Aziz Tojiev - Anas Alsadi (Iordaniya)

-75 kg

Abdulaziz Abdupattaev - Gantulga Batbayar (Mo‘g‘uliston)

-80 kg

Jasurbek Yuldoshev - Omurbek Bekjigit Uulu (Qirg‘iziston)

-86 kg

Timur Merjanov - Yussuf Husayn (Quvayt)

Janglar 16:00 da boshlanadi va Futbol TV kanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!