
Bugun O‘runov jamoasi Latviya chempioniga qarshi bahs olib boradi
Xabaringiz bor, Oston O‘runov to‘p tepayotgan Moskvaning "Spartak" klubi ayni kunlarda Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazmoqda. Bugun ushbu yig‘in doirasidagi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da "qizil-oqlar" Latviyaning amaldagi chempioni "Riga" klubi bilan bahs olib boradi.
Kecha moskvaliklar "Shaxtyor" Soligorskka qarshi o‘yin o‘tkazgan va unda Oston asosiy tarkibga kiritilgan edi.
Fikrlar