
Bugun Namanganda "yil o‘yini" va Abramov qadrdon klubiga qarshi
Bugun O‘zbekiston Superligasining 17-tur o‘yinlari start oladi.
Toshkentning "Paxtakor" klubi Namanganda "Navbahor" mehmoni bo‘lsa, Vadim Abramov boshchiligidagi "Dinamo" o‘zida "Bunyodkor"ni qabul qiladi. Ikki bellashuv ham Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi.
Ma’lumot uchun, "lochinlar" 32 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. 3-o‘rindagi "sherlar" hisobida 31 ochko majud. "Bunyodkor" esa 17 ochko bilan 10-o‘rinni band etib turibdi. So‘nggi o‘rindagi "Dinamo" bor yo‘g‘i 7 ochko jamg‘argan.
Fikrlar