
Bugun mavsumning so‘nggi "el-klasiko"si! "Barsa" o‘z maydonida "Real"ni qabul qiladi
Bugun Ispaniya kubogi yarim final javob uchrashuvidan o‘rin olgan "Barselona" - "Real" Madrid bahsi bo‘lib o‘tadi.
"Kamp Nou"da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bahs oldidan Xavi shogirdlari kichik ustunlikka ega. "Ko‘k-anorranglilar" Madridda bo‘lib o‘tgan o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.
Ushbu to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan 00:00'da start oladi. Mazkur juftlik g‘olibi finalda "Osasuna"ga qarshi maydonga chiqadi.
Fikrlar