
Bugun kimning seriyasi yakun toparkin?
Bugun Pro liga 9-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yin o‘tkaziladi. Andijonda "Buxoro" mehmon bo‘ladi.
Turnir jadvalida 2-o‘rinda borayotgan "burgutlar" 3-pog‘onadagi buxoroliklarni taslim etishga urinib ko‘radi. Uchrashuv 17:00da boshlanadi.
E’tiborlisi, Hakim Fuzaylov boshchiligidagi "Buxoro" musobaqada mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan yagona jamoa. Qolganlar hisobida kamida bittadan mag‘lubiyat bor. Viktor Kumikov shogirdlari esa oxirgi 3 o‘yinda so‘nggi daqiqalarda gol urib g‘alaba qozonib ketmoqda.
Ko‘ramiz, bugun kimning seriyasi yakun toparkin?
Fikrlar