
Bugun "Jenoa" o‘ynaydi. Raqib bir qarashda, oddiy, ammo...
Bugun Italiya chempionati 16-tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Uchrashuvlar orasida biz uchun ahamiyatlisi "Sassuolo" - "Jenoa" bahsi bo‘lib o‘tadi.
Genuyaliklar yangi murabbiy qo‘l ostida navbatdagi bellashuvda maydonga tushadi. Raqib bir qarashda oddiy. Ammo "Sassuolo" ayni payt turnir jadvalida 15-turda 26 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. Eldor Shomurodov jamoasi esa shuncha o‘yinda 11 ochko bilan 19-pog‘onani band etgan.
Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi. Genuyaliklar ustozi hamyurtimizni uchrashuv qaydnomasiga kiritgan.
Fikrlar