
Bugun Igor Sergeev jamoasi EChL saralash bosqichidagi ishtirokini boshlaydi
Bugun legionerimiz Igor Sergeev to‘p tepadigan "Tobol" jamoasi UEFA chempionlar ligasi saralash bosqichining birinchi davra uchrashuvida ishtirok etadi.
Qozog‘iston klubiga bu bosqichda Vengriya chempioni "Ferentsvarosh" jamoasi raqiblik qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, ayni payt Sergeev harakat qilayotgan "Tobol" Qozog‘iston chempionatining ortda qolgan 15 turidan so‘ng jadvalda 4-o‘rinda ketmoqda. Klub hisobida 25 ochko mavjud.
Fikrlar