
Bugun "Humo" KXLda o‘ynagan jamoaga qarshi bahs yuritadi
Toshkentning "Humo" klubi o‘z maydonida Rossiya Federatsiyasining Xanti-Mansiysk shahri sharafini himoya qiladigan "Yugra" jamoasiga qarshi muzga chiqadi. Bo‘lajak bellashuv soat 17:00 da start oladi.
Ma’lumot uchun, "Yugra" 2010-2018 yillarda Kontinental Xokkey ligasida faoliyat olib borgan. O‘tgan mavsum VXLda 1/8 finalga qadar etib borib, musobaqaning bo‘lajak g‘olibi "Sariarka"ga imkoniyatni boy bergan.
Joriy yilgi mavsumda Vadim Epanchintsev shogirdlari o‘z konferentsiyasida 18 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Toshkentliklar esa 7 ochko bilan 14-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar