
Bugun futbolchilarimiz Tojikistonga qarshi ikkinchi o‘yinda maydonga tushadi
Bugun Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston U19 terma jamoasi qo‘shni Tojikistonga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Ushbu bellashuv Dushanbedagi “Mustaqillikning 20 yilligi” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi. O‘yinni “Sport” telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Ushbu terma jamoalar o‘rtasidagi dastlabki bahs 3 sentyabr kuni vakillarimizning 0:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
Fikrlar