
Bugun "Barselona" "Kamp Nou"da so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi!
Bugun "Barselona" jamoasi La Ligada 37-tur doirasida "Malorka"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Bahs Kataloniyadagi "Kamp Nou" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi va 22:00 da start oladi.
Ahamiyatlisi, bu "Kamp Nou"dagi so‘nggi o‘yin bo‘ladi. Shundan so‘ng arenada ta’mirlash ishlari boshlanadi. Ungacha "Barselona" hamshahri "Espanol" o‘yingohidan foydalanib turadi.
Xabarlarga ko‘ra, "Kamp Nou" 2024 yil noyabr oyida foydalanish uchun tayyor holatga keladi.
Fikrlar