Bugun 23 yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi boshlanadi

  • 15 aprel, 2024, 14:53
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Har ikki yilda bir o‘tkaziladigan 23 yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo kubogini qabul qilish bu safar Qatarga ishonib topshirilgan. Bugun Toshkent vaqti bilan18:00da Avstraliya - Iordaniya o‘yini ila turnirga start beriladi. Shu bilan birga, Qatar - Indoneziya bahsi ham bo‘lib o‘tadi. 

Tecno

Mazkur chempionatda 16 ta terma jamoa ishtirok etib, 15 apreldan 3 maygacha davom etadi. Shu bilan birga, Osiyo kubogi orqali "Parij-2024" olimpiadasiga yo‘l oladigan 3 ta terma jamoa nomi ham ma’lum bo‘ladi. 4-o‘rin egasi esa pley-offda ishtirok etadi. 

Qatar birinchi bor turnirga mezbonlik qilayotgani yo‘q. 2016 yilda ham Osiyo kubogi aynan ushbu mamlakatda o‘tkazilgandi. O‘yinlar uchun 4 ta stadion ajratilgan. "Jassim bin Hamad", "Halifa", "Abdulloh bin Halifa", "Al Janub" maydonlari chempionat uchrashuvlarini qabul qiladi. 

O‘zbekiston o‘z o‘yinlarini o‘tkazadigan stadionlar:

- Malayziya ("Halifa")

- Quvayt ("Al Janub")

- Vetnam ("Halifa")

2018 yilda chempionlikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston 2022 yilda finalda Saudiya Arabistoniga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Bu safar Temur Kapadze quyidagi futbolchilarni Qatarga olib ketdi. 

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev ham qaydnomadan joy oldi. Shuningdek, Abbosbek Fayzullaev, Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov kabi o‘yinchilarning ham Osiyo kubogida ishtirok etishi uchun muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda. 

Quyida terma jamoamiz taqvimi bilan tanishishingiz mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!