Buffonning agenti: U cho‘ntagiga qarab emas, yuragiga qarab qaror qiladi

  • 5 iyul, 2019, 13:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik mashhur darvozabon Janluiji Buffonning agenti Silvano Martina 41 yoshli mijozida “Yuventus”ga qaytishdan avval APL klublaridan biriga o‘tish imkoniyati ham bo‘lgani haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Buffonda top chempionatlardan takliflar etarli edi, ayniqsa Angliyadan. Nima demoqchi ekanligimni allaqachon tushundingiz deb o‘ylayman. Janluiji hamisha yuragiga qarab qaror qabul qilgan, cho‘ntagiga qarab emas. Uning uyga qaytishini xuddi eri bilan urushib yana ortga qaytgan ayolga o‘xshatish mumkin”, - deydi agent.

Eslatib o‘tamiz, Buffon 2001-2018 yillarad “Yuventus” sharafini himoya qilgan va shundan so‘ng PSJda bir mavsum to‘p surib qaytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!