Bu yil "Oltin to‘p" Kantega beriladimi? Frantsiya terma jamoasi ustozi bu savolga javob berdi

  • 2 iyun, 2021, 14:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham "Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kantening joriy 2021 yilda sayoramizning eng zo‘r futbolchisi, deb topilishiga, ya’ni unga “Oltin to‘p” nasib etishiga ishonmayapti.

Tecno

"Bu qanchalik real ekanligini bilmayman, chunki Kante unchalik ijodkor o‘yinchi emas, u kam gol uradi. Bunaqasi avval Fabio Kannavaro va Mattias Zammer bilan sodir bo‘lgan, ammo aksariyat hollarda ushbu sovrinni hujumkor futbolchilar oladi", - dedi Desham RMC nashriga bergan intervyusida.

Kante joriy mavsum Chempionlar ligasida “Real”ga qarshi bo‘lib o‘tgan ikkala yarim final va “Manchester Siti”ga qarshi bo‘lgan final bahslarida eng yaxshi futbolchi, deb topildi.

Frantsiya terma jamoasi “Evro-2020”da Germaniya, Portugaliya va Vengriya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!