
Bu o‘yinchining jarohati jonga tegdi, o‘rniga boshqasini olamiz!
Daily Mail nashrining xabar berishicha, “Chelsi” rahbariyati keyingi paytda jarohatlarga moyil bo‘lib qolgan Ris Jeyms o‘rniga boshqa o‘yinchini olib kelishga qaror qildi.
Angliyalik himoyachi “Bornmut”ga qarshi uchrashuvda yana shikastlanib, safdan chiqdi. Shundan so‘ng, klub mutasaddilari uning o‘rniga “Seltik”da o‘ynayotgan Xorvatiya terma jamoasi a’zosi Yosip Yuranovichni taklif qilish ustida ish boshladi.
Ris Jeyms avvalgi jarohati tufayli Qatardagi jahon chempionatini o‘tkazib yuborgandi. Tuzalib safga qaytishi bilan yana jamoaga yordam berolmaydigan ahvolga tushib qoldi.
Yuranovichning transferi 8 million evroga baholanayotgani “aristokratlar”ga bu masala tezroq yopish imkonini beradi.
Fikrlar