Bu ikki superto‘purar kelsa, manchesterliklarni engib bo‘lmaydi!

  • 11 fevral, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim o‘ziga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilardan qutilayotgani bejiz emas ekan.

Tecno

Klub rahbariyati kelasi mavsum oldidan tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishga qaror qilgani oydinlashdi. Bugungi kunda jamoaning eng nozik nuqtasi ko‘p gol ura oladigan markaziy hujumchi yo‘qligi ekani aniqlandi.

Transfer News Live nashrining ma’lum qilishicha, manchesterliklar ikki superto‘purarni nishonga olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular Viktor Dyokeresh va Viktor Osimxenni nishonga oldi.

Shvetsiyalik Dyokeresh “Sporting”da Ruben Amorim qo‘l ostida o‘ynagan. Nigeriyalik Osimxen esa, “Napoli”ga tegishli, biroq klub rahbariyati bilan munosabati buzilgani bois, Turkiyada vaqtinchalik o‘ynab yuribdi.

Yoshi teng bo‘lgan har ikki adashning transfer summasi Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan bir xil – 75 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!