
Bu hazil emas! Xolifild Taysonni ringga chaqirdi
O‘z davrining buyuk bokschisi Evander Xolifild Mayk Taysonga qarshi uchinchi marotaba ringga chiqishga tayyorligini ma’lum qildi.
- Men Tayson bilan mushtlashishni istayman. Men 57 yoshimda ham bunga qodirman. Albatta, gap kim kimni mag‘lub etishi haqida emas. Biz odamlarga davrimizning ajoyib jangchilari bo‘lganimizni ko‘rsatib qo‘yishimiz kerak. Menimcha, bu muxlislar kutayotgan jang bo‘ladi, - dedi sobiq chempion.
Evander Xolifild o‘z faoliyati davomida Mayk Tayson bilan ikki marotaba kuch sinashib, har ikki jangda g‘alabaga erishgan.
Fikrlar