
Bu gal “Oltin to‘p”ni kim oladi?
“Manchester Yunayted” himoyachisi Lyuk Shou jamoadoshi Markus Reshfordni “Oltin to‘pga” munosib, deb hisoblamoqda.
- Markus zo‘r futbolchi bo‘lib etishdi. U manchesterlik yoshlarga haqiqiy o‘rnak bo‘lmoqda. U doim mahoratini oshirish harakatida. Ba’zan uni maydonda to‘xtatib bo‘lmaydi. Shu tarzda davom etsa, “Oltin to‘p”ni oladi, - dedi Lyuk Shou.
Reshford joriy mavsumda 22 ta o‘yinda 14 ta gol urdi.
Fikrlar