
Bu futbolchini “Barsa”dan olib ketishmoqchi
“Barselona”ning markaziy himoyachisi Ronald Arauxo yozgi transferlar vaqtida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Sport.es saytining ma’lum qilishicha, 25 yoshli futbolchining agentlariga kataloniyaliklar taklif qilgan yangi shartnoma shartlari ma’qul kelmagan. Shu bois, ular o‘z mijozini boshqa klubga o‘tishga ko‘ndirishga urinayotgani aytilmoqda.
Avvalroq, ispan matbuoti “Barselona” Arauxoni 80 million evro evaziga qo‘yib yuborishi mumkinligi haqida ma’lumot tarqatgan edi.
Kataloniyaliklarning urugvaylik himoyachi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadi.
Fikrlar