
Bu futbolchi “Manchester Yunayted”da o‘ynashga loyiq emas!
“Manchester Yunayted”ning ayrim rahbarlari avvalgi bosh murabbiy Erik ten Xag talabi bilan jamoaga olib kelingan niderlandiyalik hujumchi Joshua Zirkzeeni tezroq sotib yuborilishini istamoqda.
Manchester Evening News nashrining ma’lum qilishicha, ular 23 yoshli o‘yinchining transferi katta xato bo‘lganini ta’kidlayapti. Klub xo‘jayinlari jamoaga ko‘p gol ura oladigan mohir to‘purar kerak, degan xulosaga kelgan.
Joshua Zirkzee esa, ishonchni oqlagani yo‘q. Barcha turnirlarda 17 marotaba maydonga tushgan hujumchi atigi bitta gol urdi. Hatto, qimmatga olingan futbolchi endi asosiy tarkibga kirishga ham qiynalyapti.
Zirkzeening manchesterliklar bilan hamkorligi 2029 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan bo‘lsa-da, mutasaddilar uni tezroq sotib yuborib, olib kelinadigan yangi hujumchiga joy ochmoqchi.
Fikrlar