
Bu futbolchi Evropa grandlarining "boshini aylantirib qo‘ydi"
Isroillik yarim himoyachi Oskar Glux Evropaning top-klublarida jiddiy qiziqish uyg‘ota boshladi.
"Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Arsenal" va "Tottenxem" 19 yoshli "Zaltsburg" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Bundan tashqari, “Barselona” va “Vilyarreal” ham ushbu futbolchini transfer qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Unga "Milan" va "Monako" klublaridan ham qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar bor.
Glux shu yilning yanvar oyida Tel-Avivning “Makkabi” klubidan 7 million evro evaziga “Zaltsburg”ga ko‘chib o‘tgandi. U Avstriya chempionati doirasida 15ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urgan.
Oskar Isroil terma jamoasi tarkibida 6ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar