Bu futbochi “Arsenal”ni kuchaytiradi
London klubi rahbariyati “Roma” safida ishonchli o‘yin namoyish qilayotgan gvineyalik Amadu Diavarani qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi.
“Arsenal” 23 yoshli futbolchi maydon markazini kuchaytirishiga ishonmoqda.
Bu futbolchini qo‘lga kiritish oson bo‘lmasligini ta’kidlash joiz. Chunki “Arsenal” o‘z maqsadiga etishi uchun “Tottenxem”, “Milan”, “Napoli”, “Fiorentina” va “Bolonya” kabi jamoalar bilan raqobatlashishi kerak bo‘ladi.
Diavara yakunlangan mavsumda ichki chempionatda 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.



Fikrlar