
Bruno O‘zilning natijasini takrorladi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Bruno Fernandesh 2023 yilda ajoyib natijalarga erishdi. Portugaliyalik futbolchi joriy yil boshidan beri Premer-liga o‘yinlarida jamoadoshlari uchun 100 ta golli vaziyat yaratdi.
"Opta" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Fernandesh 2004 yildan beri Premer-ligada bir kalendar yilida 100 va undan ortiq bu ishni takrorlagan ikkinchi futbolchi bo‘ldi. Bungacha faqat "Arsenal"ning sobiq futbolchisi Mesut O‘zil muvaffaqiyatga erishgan (2015 yilda 104 ta imkoniyat yaratgan).
Bruno joriy Angliya chempionatining 18 uchrashuvida 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar