BRICS VI xalqaro sport o‘yinlarila ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasi Qozon shahriga jo‘nab ketdi

  • 11 iyun, 2024, 19:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
BEPUL PROPAN

Joriy yilning 11-24 iyun kunlari Rossiya federatsiyasining Qozon shahrida BRICS VI xalqaro sport o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Bugun ushbu musobaqada ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kuzatildi. Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudov BRICS VI xalqaro sport o‘yinlarida hamyurtlarimizga omad tiladi.

BRICS VI xalqaro sport o‘yinlarida sayyoramizning 60 dan ortiq mamlakatidan 4751 nafar atlet 387 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib boradi. O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari sportning 27 ta turidan ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!