Braziliyalik tadbirkor Neymarga milliard dollar qiymatidagi aktivlarini meros qoldirmoqchi

  • 4 sentabr, 12:05
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik tadbirkorlardan biri o‘z vasiyatnomasiga mashhur futbolchi Neymarning nomini kiritdi.

"Terra" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 31 yoshli erkak "Santos" hujumchisini o‘zining merosxo‘ri sifatida belgilagan. U Neymarga qariyb bir milliard dollar qiymatidagi aktivlarini meros qoldirgan. Neymar jamoasi hozircha bu xabarni tasdiqlamadi. Futbolchi vakillariga ehtimoliy meros haqida hech qanday rasmiy hujjat taqdim etilmagan.

33 yoshli hujumchi joriy yilning yanvar oyida "Santos" jamoasiga qaytgan edi. Neymarning Braziliya klubi bilan amaldagi shartnomasi muddati dekabr oyi oxirida yakunlanadi. Mashhur hujumchining transfer narxi 12 million evroga baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!