"Brayton" Milnerni tekinga qo‘lga kiritish arafasida

  • 3 may, 2023, 19:12
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liveprul" yarim himoyachisi Jeyms Milner mavsum so‘nggida klubni tark etadigan bo‘ldi. Uning keyingi manzili katta ehtimol bilan "Brayton" bo‘ladi. 37 yoshli futbolchi klub bilan kelishuvga erishish arafasida, deya xabar berdi "Sky Sports" nashri.

Tecno

Milner 2015 yilda "Liverpul" tarkibiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi. U jamoa bilan Chempionlar ligasi va Premer-ligada zafar quchdi. 

Mersisaydliklar kelasi mavsum uchun katta transferlarni amalga oshirmoqchi. Shu sababli, yarim himoyachi uchun tarkibda joy topilmasligi mumkin. "Brayton" esa yozda kuchli yarim himoyachilarni yo‘qotadi. Milner ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!