
Botir Ahmedovning chempionlik jangi yakunlandi
Professional boksning super engil vazn toifasida WBA jahon chempionlik kamari uchun hamyurtimiz Botir Ahmedov va Alberto Puello o‘zaro jang olib bordi.
Keskin va murosasiz kechgan bahsda Ahmedov muntazam bosim qilgan holda yaxshi jang o‘tkazdi. To‘liq davom etgan jangda bitta hakam 115-113 hisobida Ahmedovning g‘alabasini qayd etgan bo‘lsa, qolgan ikki hakam bir hil 117-111 hisobida Puello g‘alaba qozondi deb topdi va shu tariqa Alberto Puello super engil vazn toifasida WBA jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar