Botir Ahmedov va Alberto Puello jahon chempionlik jangi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

  • 24 iyul, 2022, 11:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

O‘zbek bokschisi Botir Ahmedov (9-1, 8KO) 20 avgust kuni Amerika Qo‘shma shtatlarining Florida shtatida tashkil etiladigan boks oqshomida super engil vazn toifasida vakant qolgan WBA jahon chempionlik kamari uchun Dominikan vakili Alberto Puelloga (20-0, 10 KO) qarshi jang olib boradi. Vahs oldidan bokschilar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar:

Tecno

"Nihoyat, yana jahon chempionligi uchun imkoniyatni qo‘lga kiritayotganimdan hursandman. Jahon chempioni bo‘lish maqsadimga erishish uchun juda ko‘p mehnat qildim. Bu safar men ushbu imkoniyatdan to‘liq foydalanishim uchun barcha narsani ishga solaman", - deydi Ahmedov.

"Men o‘z jamoam va mamlakatim uchun bu bahsda g‘alaba qozonishimga ishonchim baland. Bu imkoniyatdan maksimal darajada foydalanishga tayyorman. Mening yagona e’tiborim ushbu g‘alabani qo‘lga kiritish, jahon chempioni bo‘lish va bundan keyin men duch keladigan barcha qiyinchiliklarni engishga qaratilgan", - deydi Puello.

Hozirda, Alberto Puello mazkur vazn WBA reytingini boshqarib borayotgan bo‘lsa, Ahmedov ikkinchi o‘rinda turibdi. 20 avgust kuni bo‘ladigan jang g‘olibi Josh Teylordan vakant bo‘lib qolgan kamarga ega chiqadi.

Shuningdek, SPORTS.UZ sayti Botir Ahmedov bilan tashkil qilgan intervyuni quyida tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
24/07/2022 15:21
Ботирга омад тилаймиз! Жуда хам мард ва тугрисуз йигит!!!