
Bosqinchilar Obameyangni uyini o‘marib, o‘zini do‘pposlab ketishdi
“Barselona”ning gabonlik hujumchisi Per‑Emerik Obameyangning hayoti xavf ostida qoldi.
Ispaniyaning El Pais nashrining ma’lum qilishicha, bosqinchilar futbolchining uyini o‘marib, o‘zini do‘pposlab ketgan va bu ish bilan hozir pooitsiyashug‘ullanmoqda.
Voqea Barselona shahri yaqinidagi Kasteldefelse provintsiyasida yuz bergan. Bu erdagi uyd futbolchi o‘z oilasi bilan istiqomat qiladi.
Bosqinchilar uyga bog‘ orqali kirgani aniqlangan. Ular uyga bostirib kirib, Obameyang va uning rafiqasini o‘qotar qurol bilan qo‘rqitgan va keyin futbolchini do‘pposlagan.
Jinoyatchilar seyfdan qimmatbaho narsalarni olgan va guvohlarning aytishicha, oq rangli Audi A3 mashinasiga o‘tirib, noma’lum tarafga yo‘l olgan.
Fikrlar