
Bokschilarimiz Xalqaro turnirga jo‘nab ketdi
13-18 fevral kunlari Qozog‘istonning Olma-Ota shahri o‘smir qizlar o‘rtasida Xalqaro turnirga mezbonlik qiladi. Ushbu musobaqada ishtirok etish uchun Temur Axbaev boshchiligidagi jamoamiz bugun, qo‘shni davlatga uchib ketishdi.
Tarkibimiz bilan tanishing:
-46 kg: Farangiz Usvalieva
-48 kg: Nazokat Mardonova
-50 kg: Shodiyona Meliqo‘zieva
-52 kg: Qumriniso Muhammadova
-52 kg: Asel Daryabaeva
-54 kg: Sabrina Chakomanova
-57 kg: Farzuna Ro‘zieva
-60 kg: Rushanabonu Isaeva
-63 kg: Mehrimax Qilicheva
-66 kg: Lobar Shaymanova
-70 kg: Ulbusin Jalgasbaeva
-75 kg: Samira Turg‘unova
-80 kg: Mavjuda Abdusaidova
Murabbiylar: Temur Axbaev, Eldor Xolmatov, Shaxobbek Jo‘raev.
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar qildi.
Fikrlar