Bokschilarimiz “Elorda kubogi”da 16 ta medalga sazovor bo‘lishdi

  • 4 iyul, 2022, 22:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Kuchli boks maktabiga ega bo‘lgan 10 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etgan turnirda hamyurtlarimiz 16 ta medal jamg‘arishdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Ma’lum qilganimizdek, bugun turnirning final bahslari bo‘lib o‘tdi. Murosasiz janglar yakunida Lazizbek Mullojonov hamda Nigina O‘ktamova oltin medallarga sazovor bo‘lishdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari 2 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilar sovrindor bo‘lishdi:

Oltin:
-54 kg: Nigina O‘ktamova
+92 kg: Lazizbek Mullojonov

Kumush:
-50 kg: Sabina Boboqulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-48 kg: Asilbek Jalilov
-75 kg: Saidjamshid Jafarov

Bronza:
-48 kg: Farzona Fozilova
-48 kg: Marjona Savrieva
-66 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova
-51 kg: Shahzod Muzaffarov
-57 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Adhamjon Muhiddinov
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov
+92 kg: Jahongir Zokirov.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston boks federatsiyasi va sportchilarimizni mazkur musobaqada qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyat bilan samimiy qutlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!