
Boks. Shodiyorjon Meliqo‘ziev irodali tarzda g‘alaba qozondi
Xabaringiz bor, 24 maydan 1 iyungacha Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha halqaro turnir bo‘lib o‘tadi.
Hozirgina -50 kg da hamyurtimiz Shodiyorjon Meliqo‘ziev ishtirokidagi bahs yakunlandi. Bokschimiz dastlabki raundda ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy berib qo‘yganiga qaramasdan, keyingi raundlarda ustunlikni o‘z qo‘liga olib, Filippin vakili Jay Barikuatroni mag‘lub etdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni yana bir yurtdoshimiz Sabina Boboqulova va singapurlik Chee Vann qarama-qarshiligi kutib turibdi.
Fikrlar