Boks: Rossiyalik ikki megayulduz qachon to‘qnash keladi.?

  • 4 dekabr, 2019, 13:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Yarim og‘ir vazn toifasida WBC va IBF chempioni Artur Beterbievning promouteri Bob Arumning ta’kidlashicha, rossiyalik bokschi keyingi jangini xitoylik Fanlung Mengga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

"Beterbievning IBF oldida o‘z majburiyatlari bor. Endi u Mengga qarshi jang qilishi kerak.

Ushbu voqea Xitoyda bo‘lishiga umid qilmoqdamiz. Bizda ushbu yurtning Gavayi deb ataydigan oroliga borish taklifi bor.

Eddi Xirn mazkur jang g‘olibi Dmitriy Bivolga qarshi ringga ko‘tarilishini aytdi “, - dedi Arum.

Eslatib o‘tamiz: 18 oktyabr kuni Filadelfiyada Beterbiev WBC chempioni Aleksandr Gvozdikni o‘ninchi raundda nokautga uchratib, ushbu titulni ham o‘ziniki qilib olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!