
Boks. Kubalik murabbiy terma jamoamiz shtabida ish boshlaydi
O‘zbekiston boks milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi tarkibiga yana bir tajribali mutaxassis qo‘shildi.
Kubalik murabbiy Fernandez Ximenez Barbaro endilikda Elshod Rasulov boshchiligidagi ayollar terma jamoamiz shtabida katta murabbiy sifatida ish boshlaydi. Mutaxassis bizgacha, 40 yillik faoliyati davomida dunyoning ko‘plab terma jamoalarida bosh murabbiy sifatida ishlab kelgan.
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar