
Boks: Jahon chempionati final juftliklari bilan tanishing
Rossiyaning Ekaterinburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati ham o‘z yakuniga etib bormoqda. Biroz avval, yarim final bahslari o‘z yakuniga etib, ertaga jahon chempionati g‘olibligi uchun jang olib boradigan juftliklar ma’lum bo‘ldi. Quvonarlisi, finalga hamyurtlarimizdan to‘rt nafari yo‘l oldi. Rossiyadan 3 ta Kuba va Qozog‘istondan ikki nafar, Angliya, Filippin, Ekvador, Hindistondan esa bir nafar bokschilar final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.
Final juftliklari bilan tanishing...
- 52 kg:
Shahobiddin Zoirov (Uzbekistan) —Amit Pangal (Indiya)
- 57 kg:
Lasaro Alvares (Kuba) — Mirazizbek Mirzaxalilov (O‘zbekistan).
- 63 kg:
Endi Kruz (Kuba) —Devis Keyshon (SShA)
- 69 kg:
Andrey Zamkovoy (Rossiya) — Pet Makkormak (Angliya)
- 75 kg:
Gleb Bakshi (Rossiya) — Emir Feliks Marsyal (Filippiny)
- 81 kg:
Bekzat Nurdauletov (Qozog‘iston) — Dilshodbek Ro‘zmetov (O‘zbekistan)
- 91 kg:
Muslim Gadjimagomedov (Rossiya) — Xulio Kastilo (Ekvador)
+ 91 kilogramma:
Kamshibek Ko‘nkabaev (Qozog‘iston) — Bahodir Jalolov (O‘zbekistan).
Fikrlar
Худо хохласа 1 урин накт.
Бокс буйича термамизни топкир мураббийларига хам минг РАХМАТ, айникса спортчиларни "дух"ини кутаришда N:1 хурматли Рузиохуновга алохида Т А С А Н Н О !!!
Хар сафар "Ой молодец" деб чин дилдан куллаб туришингиз нафакат спортчиларимизни хатто биз мухлисларни хам галабага булган ишончимизни минг чандон ошириб юборди.
Худо хохласа ФИНАЛ жангларида бундан хам чиройли галабалар б/н Ватанимиз мадхияси остида биз мухлислар мазза килиб йиглайлик.
ОЙ МОЛОДЦЫ ****
БИЗ СИЗЛАРГА ИШОНАМИЗ !!!