
Boks. Hamyurtimiz kamar uchun jang qiladi!
31 yanvar kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida boks bo‘yicha "IBA Champions' Night" turniri bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, ushbu oqshomda yurtdoshimiz Saidjamshid Jafarov ham o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Charm qo‘lqop ustamizga rossiyalik Dmitriy Zaxarov raqiblik qilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, 6 raund etib belgilangan bahs 71 kg vazn toifasidagi IBA Pro European Champion kamari uchun kechadi.
Fikrlar