
Boks: Ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatining umumjamoa hisobidagi kuchli uchligi bilan tanishing
Boks bo‘yicha Rossiya ayollar jamoasi Ulan-Ude shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Jami uchta oltin, bitta kumush va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritgan rossiyaliklar jahonda tengsiz ekanligini isbotlashdi.
Ikkinchi o‘rinni bitta oltin, uchta kumush va bitta bronza bilan xitoylik qizlar egalladi. Turkiya terma jamoasi esa bitta oltin va ikkita kumush bilan kuchli uchlikka yakun yasashdi.
Fikrlar