Boks: 7 nafar yosh bokschimiz Osiyo chempionati finaliga yo‘l oldi

  • 16 noyabr, 2019, 17:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun, qit’a chempionatining yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi. Ushbu bosqichga qadar etib kelgan 14 ishtirokchimiz orasida 7 nafari raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Demak, hozircha bizda ettita bronza medali mavjud. Umuman olganda 14 ta medalni qo‘lga kiritib ulgurdik. Faqat nechtasi oltin va kumush bo‘lishini final janglaridan so‘ng, bilib olamiz. O‘ylaymizki, finalga yo‘l olgan barcha yurtdoshlarimiz musobaqaning yuqori probali medalini qo‘lga kiritishadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!