
Bobur Davlatov "Metallurg" bilan xayrlashdi, u endi boshqa jamoada to‘p suradi
Bekobodning “Metallurg” klubi ham allaqachon selektsiya ishlarini boshlab yuborgan. Shu paytgacha bir qator o‘yinchilar bilan shartnomalar imzolandi. Shu bilan birga klub bilan xayrlashayotgan o‘yinchilar ham bor.
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, “Metallurg” tarkibiga yozda qo‘shilgan hujumkor yarim himoyachi Bobur Davlatov bekobodliklar jamoasini tark etdi. U “Metallurg” safida etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgani yo‘q. Superligada uchta o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi. Shuningdek, Kubok doirasida ham bitta uchrashuvda ishtirok etdi xolos.
Ayni paytda Davlatovning xizmatiga qiziqish bilan qarayotgan klublar bor. U “Metallurg”ga Rossiyaning “Nefteximik” klubidan qo‘shilgandi. Ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi yana legionerga aylanishi ham ehtimoldan holi emas.
Fikrlar