
Bobir Abduxoliqov gol urgan o‘yinda jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi
Ukraina U21 Birinchiligida 20-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Bobir Abduxoliqov harakat qilayotgan “Rux” jamoasi o‘z maydonida “Zarya” klubini qabul qildi. O‘yin maydon egalarining 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdagi gollarga mezbonlardan Runich, Abduxoliqov va Karabin mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlarning hisobni qisqartirgan aniq zarbasini Zorenko yo‘lladi. Shuningdek, legionerimiz bir golga hammualliflik qildi.
Fikrlar