
BKFC rahbari promoushenga ikki nafar super bokschini olib kelmoqchi
Bare Knuckle FC promouterlik kompaniyasi rahbari Devid Feldman Tayson Fyuri va Entoni Joshuani o‘z ligasida ko‘rishni istamoqda.
"Tasavvur qiling-a, agar Fyuri va Joshua BKFC ga o‘tishsa, qanday ajoyib bo‘lardi. Men bu aniq sodir bo‘ladi, deb aytolmayman, lekin buni istisno ham qilmoqchi emasman", - deya Feldmanning so‘zlaridan iqtibos keltirdi "World Boxing News".
Eslatib o‘tamiz, BKFC ning navbatdagi turniri bugun Los-Andjelasda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar