
Bizning bir futbolchimiz bilan salkam teng qiymatga ega Shimoliy Koreya terma jamoasi
Ertaga O‘zbekiston terma jamoasi "JCh-2026" saralashi 6-turi doirasida Shimoliy Koreya bilan kuch sinashadi.
Ta’kidlash kerak, biz bilan kuch sinashadigan koreyslarning "Transfermarkt" portalidagi qiymati 6.05 million evroni tashkil qiladi. Vakillarimizning umumiy transfer qiymati 37.70 million evrodan iborat.
Qiziqarlisi, O‘zbekiston safida eng qimmat futbolchi hisoblangan Abbosbek Fayzullaevning narxi (6 million evro) salkam butun Shimoliy Koreyaniki bilan teng.
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi 1-turdan o‘rin olgan bahsda "oq bo‘rilar" 1:0 hisobida zafar quchgandi.
Fikrlar