
Bizning avlod Ronaldu va Messilardan kuchli edi!
Braziliya terma jamoasining sobiq yulduzi Ronaldo o‘zi o‘ynagan davrda raqobat hozirgidan kuchli bo‘lganini ta’kidladi.
- Hali hamma rekordlar yangilanadi. Hatto Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning natijalari ham almashadi. Chunki rekordlar yangilanishi uchun ham rekord hisoblanadi. Lekin bir avlodni boshqasi bilan solishtirish qiyin. Chunki bu borada aniq o‘lchov birligi mavjud emas.
Mendan qaysi avlod zo‘rligini so‘rasangiz, shubhasiz, bizniki, deb javob beraman. Chunki biz o‘ynagan paytda raqobat hozirgidan ancha qattiq edi. Messi, Krishtianu, Neymarni inobatga olmagan holda, qolgan o‘yinchilar o‘zining yuqori darajasiga chiqa olmadi.
Ilgari Italiya, Ispaniya va Angliya ligalarida ham raqobat jiddiy edi.
Hozir butun dunyoda jismoniy kuchga tayangan futbol ko‘ryapmiz. Endi xotirjam o‘ynaydigan, texnikasi kuchli klassik 10-raqamli o‘yinchilar yo‘q. Chunki zamonaviy futbolda ularga o‘rin yo‘q. Bizning avlod texnik jihatdan ancha ustun edi. Avval o‘yinchilar muhim hisoblanardi, - dedi Ronaldo.
Fikrlar