
Bizga Gvardiola kerak emas!
Braziliya futbol federatsiyasi rahbari Ednaldo Rodriges “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani terma jamoaga olib kelishga harakat qilayotgani haqidagi xabarlarni inkor qildi.
Bir necha manbalar Braziliya terma jamoasi shu yilning yanvar oyida bosh murabbiylikka tayinlangan Dorival Junior qo‘l ostida o‘nta uchrashuvdan to‘rttasida yutqazgani uchun federatsiya uning o‘rniga Gvardiolani taklif qilayotgani haqida ma’lumot chor etgandi.
Biroq Ednaldo Rodriges o‘zi boshqarayotgan tashkilot Gvardiolaga murojaat qilmaganini va Braziliya terma jamoasida bosh murabbiyni o‘zgartirish rejasi yo‘qligini ta’kidladi.
- Xosep Gvardiola jahonning eng zo‘r murabbiylaridan bo‘lishiga qaramay, biz tomonimizdan u bilan muloqotga kirishish uchun biror tashabbus amalga oshirilgani yo‘q. Biz Dorival Junior va uning murabbiylar shtabi bilan ishlayapmiz va ulardan mamnunmiz.
Bosh murabbiyning shartnomasi 2026 yilgacha tuzilgan. Terma jamoa jahon chempionatiga chiqa oladimi yoki yo‘q, bu faqat unga bog‘liq, - dedi Ednaldo Rodriges.
Fikrlar