
Birgalikda yaratish va aniqlash: 2025-yilgi Chery foydalanuvchilarining xalqaro sammitidamobillikning yangi kelajagini ochamiz
2025-yil 17–21-oktabr kunlari "CO-CREATE · CO-DEFINE" (Birgalikda yaratish va aniqlash) shiori ostida Chery foydalanuvchilarining xalqaro sammiti boshlanadi. Bu shunchaki brendning foydalanuvchilar bilan muloqoti bo‘lib qolmay, balki innovatsiyalar, ekotizim va global qarashlarni namoyish etadi. Chery Ecosystem 2.0 qanday bo‘lishi va u foydalanuvchilar bilan birgalikda qanday yaratilishi sammitda namoyish etiladi.
2024-yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan sammit Chery kompaniyasining innovatsiyalar, barqaror rivojlanish va hamkorlikka sodiqligini tasdiqladi. Unda BMTning 8-bosh kotibi Pan Gi Mun va Yangi Zelandiyaning 36-bosh vaziri Jenni Shipli ishtirok etishi, mazkur tadbirning ahamiyatini ko‘rsatib berdi. 2025-yilda Chery foydalanuvchilarning yangikutilmalarini taqdim etadi, ekotizimni 2.0 versiyasigacha yangilaydi va yanada ochiqroq tarzdagi o‘zaro ta’sir modelini taklif qiladi.
Chery Group ketma-ket 22 yil davomida Xitoydan yengil avtomobillar eksporti bo‘yicha yetakchilik qilmoqda va butun dunyo bo‘ylab 17,44 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega. 2025-yilgi sammit odatiy taqdimotlardan voz kechib, xalqaro yetakchilar, foydalanuvchilar, hamkorlar va ommaviy axborot vositalarini birlashtiradi. Asosiy mavzular – mahsulotlarnibirgalikda yaratish va belgilash, texnologiyalarni kuzatish va interaktiv formatlar orqali ekotizimni qurish.
Sammitning asosiy g‘oyasi – "Co-Create New Move" (Yangi harakatni birgalikda yaratish). Dastur brend ekotiziminiishga tushirish, to‘qnashuvda xavfsizlikni sinash, KOC (Key Opinion Consumer) ni birgalikda yaratish forumi va ekotizimning immersiv ko‘rgazmasini o‘z ichiga oladi.
E’tibor markazida beshta yo‘nalish: mahsulotlarni tarmoqlar bilan, texnologiyalarni ekotizimlar bilan bog‘laydigan tajriba, qarash, konsepsiya, sertifikatlash va integratsiya. Sammitda Chery Super Hybrid (CSH), 7 o‘rindiqli yangi SUV turkumi, mashhur modelning elektr versiyasi va premium audio shou debyut qiladi. Bularning barchasi Chery kompaniyasining yangi energiya texnologiyalari va qo‘shma innovatsiyalarsohasidagi tajribasini belgilab beradi.
AiMOGA gumanoid roboti yangilanadi va sammitda yana taqdim etiladi. U mehmonlarni kutib oladi, texnik tushuntirishlar beradi va turli sessiyalarda yordam beradi. Uning avtoservis va jamoat ilovalari sohasidagi funksiyalarini jonli ravishda ko‘rishmumkin bo‘ladi.
ESG sohasi kun tartibida alohida e’tibor qaratiladi. So‘nggi yillarda Forbes China ESG Influence List 2025 ro‘yxatiga Chery kiritildi va Forbes China Sustainable Industrial Enterprises 2024-2025 ro‘yxatidagi yagona avtomobil ishlab chiqaruvchisiga aylandi. O‘tgan yilgi sammitda ijtimoiy majburiyatlar ustida birgalikda ishlash uchun hamkorlar bilan ESG alyansi tuzildi.
"In Somewhere, For Somewhere" (Hamma joyda, hamma uchun) falsafasiga amal qilgan holda, Chery global ishtirokini mustahkamlamoqda. 2025-yilda kompaniyaXitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari orasida birinchi bo‘lib eksport qilingan avtomobillar soni 5 million donadan oshdi, shuningdek, Fortune Global 500 reytingiga qaytdi. Bundan tashqari, Chery Kantar Top 50 Chinese Global Brand Builders Report reytingida "Avtomobillar" toifasida birinchi o‘rinniegalladi.
Texnologik yutuqlardan tortib ekotizim yechimlarigacha, foydalanuvchilarning birgalikdagi ijodidan tortib xalqaro hamkorlikkacha – Chery 2025 sammiti insonlar, avtomobillar vatexnologiyalar istiqbolini muhokama qilish maydoniga aylanadi. Foydalanuvchilar energiyasi Chery innovatsiyalari bilan uchrashganda, yangi mobillik marralari namoyon bo‘ladi.
17-21 oktabr – Chery International’ga qo‘shiling va yangimobillik davrini qarshi oling.
Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiydistribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekistondagi Chery avtomobillarining xususiyatlari va narxlari bilancheryauto.uz saytida tanishish mumkin.
Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:
Doimiy aloqa telefoni: +998 71 276 55 55
Website: https://cheryauto.uz (https://cheryauto.uz/)
Instagram: https://www. (https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/)
Fikrlar