Birga bir chiqasanmi? Yamal Vinisiusni mushtlashishga chaqirdi

  • 28 oktabr, 18:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining o‘ninchi turidan o‘rin olgan “Real” va “Barselona” o‘rtasidagi "el-klasiko" futbolchilarning o‘zaro janjali bilan tugaganidan hammaning xabari bor.

Tecno

Janjalga sababchilar va faollik ko‘rsatganlar asosan Lamin Yamal, Danijl Karvaxal va Vinisius Junior bo‘ldi.  

Lamin Yamal o‘yindan avval “Real” haqida aytgan gaplarini og‘ir olgan “Real” o‘yinchilari g‘alabali uchrashuvdan keyin 18 yoshli futbolchini tarbiyalab qo‘ymoqchi bo‘lishdi.

El Día Después  va Movistar+ kabi kanallarning ma’lum qilishicha, Lamin va Vinisius o‘rtasida maydonda boshlangan janjal tribuna ostidagi yo‘lakda ham davom etgan.

Manbaga ko‘ra, Lamin Yamal Vinisius Juniorni “Mushtlashasanmi?”, deb tashqariga chaqirgan. Braziliyalik legioner ham “Qani yur!”, deb javob bergan.

Atrofdagilar bu o‘yinchilarni tinchlantirib, ularning urishib ketishiga yo‘l qo‘ymagani aytilmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
28/10/2025 18:33
Ахмоклар