
Bir maydonga sig‘magan ikki yulduz
“Manchester Yunayted” hujumchisi Edinson Kavani 2019 yilning oxirida Urugvay va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida raqib etakchisi Lionel Messi bilan urishib qolganini aytib berdi.
- Mening ko‘nglimga botadigan gap aytishsa, jahlim chiqib ketadi. Maydonning o‘zida qoladigan gaplar ham bo‘ladi. Messi bilan gap talashib qoldik. Bir birimizni haqorat qildik. Ikkimiz ham xato qildik. U menga baqirdi, men ham javob qildim. Bu voqealar unut bo‘lib, maydonda qolib ketishi kerak, - dedi Kavani.
O‘shanda 2:2 hisobida durang bilan yakunlangan o‘yindagi mojaroli vaziyat kadrga tushib qolgan. O‘shanda Kavani Messiga “men bilan mushtlashasanmi?”, degan edi. Messi esa “Istagan paytingda!”, deb javob qaytargan. Ularni har ikki futbolchiga do‘st bo‘lgan Luis Suraes ajratib qolgandi.
Fikrlar