Beylning raqamini olib qo‘yishdi. Endi uning egasi boshqa (foto)

  • 19 sentabr, 2020, 11:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Garet Beylning “Real”dan ketishi aniq bo‘ldi. Jamoa rahbariyati uelslik futbolchiga tegishli bo‘lgan 11-raqamni olib, Marko Asensioga berdi. Bu raqam Asensioga tegishli ekani La Liga tashkilotchilariga ham ma’lum qilindi.

Tecno

16004589831939311693

Garetning o‘zi ham jamoadoshlariga Angliyaga ketayotganini aytgan. U sobiq jamoasi “Tottenxem”da ijara asosida to‘p suradi. Beylni bir yil o‘ynatish uchun Joze Mourino jamoasi qariyb 10 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi.

“Real”dagi o‘rnini yo‘qotgan Garet Beyl yana bir oy davomida yangi jamoasiga ham yordam berolmaydi.  Angliya premer-ligasi o‘yinchilariga kirishishdan avval, 31 yoshli hujumkor futbolchi jarohatini davolatishi kerak bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!