
Beylni qattiq haqorat qilishdi
“Real” hujumkor futbolchisi Garet Beyl va madridlik fanatlar o‘rtasida kelishuvmovchilik yuz berdi.
Uelslik futbolchi mashg‘ulotlar bazasidan chiqqan pallada uning oldiga bir necha muxlislar kelib, unga norozilik bildirgan va qattiq haqorat qilgan.
“Qirollik klubi” muxlislari Garet Beylning jamoaga munosabati va juda ko‘p jarohat olayotganidan norozi bo‘lmoqda. Tajribali futbolchi kuni kecha Uels terma jamoasi safidan jarohat bilan qaytdi va yana bir necha hafta maydondan uzoqda bo‘ladi.
Garet Beyl joriy mavsumda “Real” safida atigi uchta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi xolos.
Fikrlar