Beyl: Sovrin yutishimizga umid qilaman

  • 20 sentabr, 2020, 18:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" yarim himoyachisi Garet Beyl London klubiga qaytishi haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Meni yaxshi ko‘rishadigan joyga yana kelish juda yoqimli.

Avvalgi intervyularimda Uelsga kelganimda baxt va muhabbatni his qilishmni aytgan edim. Aynan shunday holatda, men eng yaxshi o‘yinimni namoyish eta olaman.

Bu erga qaytib, meni ajoyib muhit kutib turganligini tushundim. Menga bu jamoa yoqadi va men bu erda vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘raman.

Umid qilamanki, birgalikda sovrin yutishga erishamiz, agar ikkita sovrin bo‘lmasa! Men shunchaki, o‘z o‘yinimdan zavqlanib, muxlislar yuziga tabassum ulashishni istayman.

Men rafiqam bilan gaplashdim va biz hozir ayni vaqti ekanligini his qildik," - dedi Beyl.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!